Pages

Monday, January 27, 2014

Tong sahardan, tosh shahargacha

05:00
Qishloq hayoti qanday maza, erta tongdan dimoqqa urilgan shirmoy isi, xo‘roz qichqirig‘i, shiringina uyqu quchog‘idan erinibgina bosh ko‘tarishing. Bolalikdan menga meros qolgan ushbu manzarani, menimcha yaqin 8-10 yil ichida qaytib ko‘rmadim. Ha bu sizga ham yaxshi tanish bo‘lsa kerak, qishloq bolasining sahardan toblanishi:
- Turaqo o‘g‘lim, tur, mollarni podaga qo‘yish kerak, kechqurun egatga taragan suving yarmiga yetmay qolibdi, menimcha yarim yo‘lda kimdir bo‘g‘ib ketgan yana.
- ... (shu mollarni deb doim shirin uyqudan voz kechaman!?)

Tuesday, December 3, 2013

Spelling: matnlarni orfografik tekshirish

Hozirgi kunda matnlarga ishlov berish dasturlashning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Eng ommabop va foydali vazifalardan biri bu — matnlarni orfografik hatoliklarga tekshirish. Ushbu maqolada matnlarni orfografik hatoliklarga tekshirishda qo'llaniladigan algoritmlardan biri haqida to'xtalib o'tmoqchiman.

Saturday, November 30, 2013

Kim bo'lsam ekan? Dasturchi!

Ha ayni shu savol ko'pchilik yoshlarimizda muammoli holatni keltirib chiqaradi. Gap dasturlovchilar — axborot texnologiyalari sohasining bo'lajak mutaxassislari haqida ketmoqda. Bu soha yurtimizda endi bo'y ko'rsatayotgan davrda axborot va kompyuter texnologiyalari, dasturlash kabi hozirda dunyo bo'yicha eng zamonaviy hamda top reytingda turuvchi soha va uning mutaxassislari — dasturchilar haqida ko'pchilik yurtdoshlarimiz yetarlicha tasavvurga ega emas. Shu sabab hozrida ayni kasb tanlash davrida bo'lgan yuqori sinf o'quvchilari orasida axborot texnologiyalari nima, oddiygina kompyuter yordamida qanday qilib tadbirkorlik qilish yoki kelajakda «non topish» kabi savollarni o'ylab ko'radiganlari yoki ularga yo'l ko'rsatuvchi ota-onalar, o'qituvchilar orasida aniq tasavvurga egalari kamdan-kam. Nafaqat o'quvchi yoki ta'lim hodimlari, balki davlat va jamoat muassasalari, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari rahbar-hodimlar orasida ham axborot texnologiyalarini qo'llagan holda ish unumdorligini oshirish, resurslarni tejash kabi tushunchalar endi shakillanib bormoqda. Ho'sh shunday davrda ayni bugun qaror qabul qilish ostonasida turgan yoshlarga nima maslahat bera olamiz? Real soha bilan tanishtirish va ularda axborot texnologiyalariga bo'lgan ishonchni oshirishda qay yo'sinda ish olib borish kerak?

Sunday, November 24, 2013

Web sahifalarni optimallashtirish vositalari

Web developer sifatida bilishimiz kerak bo'lgan ayrim vositalar to'g'risida. Umuman olganda ixtiyoriy web-saytni yaratishda avvalambor dizaynerlar va dasturchilar muhim ro'l o'ynaydi. Sayt kontenti, mazmuni, dizayni va uning parda ortidagi tarafi — backend qay darajada professional yozilganligi uning reytingini belgilab berishi turgan gap. Shu o'rinda web-saytni TOP qatorlarda turishi SEO va Performance kabi 2 asosiy mezonga ham bog'liq. Uzr, ayni shu o'rin uchun mos performance atamasining o'zbek tilidagi yaxlit qiyofadoshini topa olmadim, to'g'ri uni samaradorlik, unumdorlik kabi so'zlar bilan ifodalashimiz mumkin, lekin ayni «website performance» jumlasi ma'nosini ifodalab berishi qiyindek tuyuldi menga, balkim Sizga biror bir fikr kelgandir. Umuman olganda web-sayt ishlash tezligi, so'rovlarga tez va behato javob bera olish qobilyati, web standartlarga mosligi, brauzerda ifodali va qulay tarzda ko'rina olishi kabilarni «performance» deb tushunsak bo'ladi.

Saturday, November 23, 2013

Ot sayohati

Ushbu maqolamizda ajoib boshqotirmalardan biri bo'lgan «Knight's tour» ya'ni «Ot sayohati» masalasiga to'xtalib o'tmoqchimiz. Masala sharti juda ham oddiy: NxN o'lchamdagi shaxmat doskasining barcha kataklarini ot bilan yurib chiqish, bunda toychoq har bir katakka bir marta tashrif buyuradi. Masala bilan wikida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Sunday, July 14, 2013

Salom Magento!

Magento – hozirda internet magazinlarni tashkil qilish va boshqarish uchun mukammal platformalardan biri bo'lib, u PHP OOP da yozilgan CMS hisoblanadi. CMS – (content management systems, kontentni boshqarish tizimlari) haqida yozishni hojati yo'q, chunki hozirda Drupal, Worpress, Joomla kabi CMS larni ishlatib ko'rmagan web dasturchi bo'lmasa kerak. Magento nafaqat CMS balki uni freymwork toifasiga kiritsak ham bo'ladi. Chunki unda nafaqat internet do'konlarni qurish, balki ular uchun istalgan vazifani bajaruvchi dinamik web tizimlarni qursak ham bo'ladi. Magentoning rivojlanishi zamonaviy eCommerce tizimlari ko'rinishi, va ular haqidagi qarashlarning o'zgarishiga asos bo'ldi.