Pages

Thursday, March 14, 2013

Salom blogger

Hm, ko'raylikchi Bloggerda qancha yashar ekanmiz. Bugun bahorning 14-kuni 2013-yil shaxsiy web blogimni yuritishga qaror qildim. Umuman olganda kundalik tutush meni odatim emas, lekin biror kun foydasi tegib qolar. Hozicha ishlarim joyida, 2 kun oldin 25 yil oldingi quvonchli voqea sabab yaqinlar bilan yuzlashdik. Tug'ilgan kun qilishga doim ham "ovoz ber"mayman, menga eng ma'quli o'zimning yaqin do'stlarim bilan maroqli hordiq chiqarish yoki tabiat qo'ynida sayir qilish. Hozirda uylanib oilali bo'lganimdan so'ng "tirikchilik tashvishlari" tufayli ular bilan suhbat qurish anqoning urug'i bo'lib qoldi, deyarli hamma o'z tashvishlari bilan band. Oramizda ko'pchilik IT soha vakillari, dasturchilar bo'lishiga qaramasdan "vaqtlarimizni moslashtirish", yig'ilishning optimal usulda tashkil etish bo'yicha hech kimda hech qanaqa taklif yo'q hozicha. Mayli yana ko'ramiz...
Ishdan bo'sh vaqtda qiziqarli mashg'ulotlardan biri internetdan eng so'ngi yangiliklar, sohaga oid qiziqarli ma'lumotlarni o'rganish, qayerda nima voqeliklar bo'layotganini bilish, asosiysi ish uchun kerak bo'lgan bilimlarni to'plashdir. Ayni shu satrlarni yozayotganimda ishxonada PM dan topshiriq bo'lib qoldi. Keyingi postlarda ko'rishguncha xayr!

No comments:

Post a Comment