Pages

Tuesday, May 7, 2013

Yurtimizda on-layn to'lov tizimi.


Men hozirda SsdSoftwareSolutions firmasida senior php developer sifatida ishlab kelmoqdaman. Ishim juda ham qiziqarli, ayniqsa so'nggi 2 yil davomida Magento platformasini o'rganish hamda unda internet magazinlar qurish va rivojlantirish, turli xil servislar bilan integratsiya qilish, elektron tijoratga oid yangiliklar markazida bo'lish menda ishimga bo'lgan ishtiyoq va izlanishlarimga katta turtki bo'ldi. Ayniqsa 2013-yildan yurtimizda elektron tijoratni rivojlantirish va internet do'konlarni yaratish bo'yicha yangi bosqich boshlanishi, ya'ni Uzkart milliy plastik kartalari orqali on-layn to'lovlarni amalga oshirish bo'yicha tizim yaratilayotganligi milliy domenimizda on-layn do'konlarning ko'payishiga asos bo'la oladi. Shu yil mart-aprel oyining o'zidayoq O'zbekistonda birinchilardan bo'lib Magento platformasi uchun Uzkart Onlayn to'lov modulini ishlab chiqdik va test sinovlaridan muvaffaqqiyatli o'tiganligi, to'liq magento standartlari asosida yaratilganligi quvonarli holat.
Aprel oyida esa ushbu to'lov tizimiga integratsiya qilingan va Magento platformasida qurilgan birinchi milliy internet do'konini ishga tushirdik. Demak Uzkart Onlayn plastik to'lov kartasi orqali internet do'konlardan biror bir buyum harid qilishingiz uchun avval shu kartaga sms hizmatini yoqtirishingiz zarur. Buning uchun plastik kartalarga xizmat ko'rsatuvchi terminallardan foydalaniladi va plasik karta uchun quyidagi manzildan http://my.uzcard.uz/ebank/ shaxsiy kabinet ochiladi. Batafsil ushbu maqola da ko'rishingiz mumkin.

No comments:

Post a Comment