Pages

Sunday, July 14, 2013

Salom Magento!

Magento – hozirda internet magazinlarni tashkil qilish va boshqarish uchun mukammal platformalardan biri bo'lib, u PHP OOP da yozilgan CMS hisoblanadi. CMS – (content management systems, kontentni boshqarish tizimlari) haqida yozishni hojati yo'q, chunki hozirda Drupal, Worpress, Joomla kabi CMS larni ishlatib ko'rmagan web dasturchi bo'lmasa kerak. Magento nafaqat CMS balki uni freymwork toifasiga kiritsak ham bo'ladi. Chunki unda nafaqat internet do'konlarni qurish, balki ular uchun istalgan vazifani bajaruvchi dinamik web tizimlarni qursak ham bo'ladi. Magentoning rivojlanishi zamonaviy eCommerce tizimlari ko'rinishi, va ular haqidagi qarashlarning o'zgarishiga asos bo'ldi.

Shu o'rinda Magento ning o'zi Zend Framework asosida yozilganligi, uning OOP asosida PHP da yozilgan eCommerce uchun freymvork ekanligini takidlamoqchiman. PHP freymvorklar haqida, balki navbatdagi maqolalarda to'xtalib o'tishimiz mumkin. Zend Framework foydalanuvchilariga Magentoni tushunish, freymvork imkoniyatlaridan foydalanish, MVC mantig'i asosida modullar yaratish birmuncha oson kechadi deb o'ylayman. Lekin shu o'rinda Magento Core uchun yaratilgan arxitektura murakkabligi uning boshqa raqobatchilariga nisbatan mukammalligini taminlab bergan deya olamiz.

Qisqacha tarixi

2001 yili osCommerce platformasini ishlab chiqqan Varien kompaniyasi tashkil topdi. Asosiy maqsadi elektron tijorat uchun osCommerce ni rivojlantirish edi, lekin uni Magento nomi ostida qayta ishlab chiqishdi. 2007 yil boshida Magentoni rivojlantirish rasmiy ravishda boshlab yuborildi. Shunday qilib Magentoning birinchi ochiq versiyasi 2008 yil mart oyida taqdim etildi. 2010 yil may oyida Magento mobile – mobil qurilmalar uchun Magento platformasi bilan integratsiya qilingan ilova (native application) taqdim etildi. 2010 yili eBay kompaniyasi Magento aksiyalar paketining 49% ga egalik qiluvchi investitsiya kiritdi va 2011 yili iyun oyida Magentoga egalik huquqi 100% eBayga o'tdi. Shunday qilib Magento eBayning yangi xCommerce loyihasiga qo'shilganligi e'lon qilindi. Uning ilk tashkilotchisi va ijrochi direktori Roy Rubin «Endi Magento Los Anjelesda men va Yoav Kutner (Magento jamoasi yetakchi dasturchi muhandisi) boshchiligida rivojlanishda davom etadi» – deb yozgandi o'z blogida. 2012 yil aprelida Yoav Kurtner Magento jamoasini tark etdi.

So'nggi ko'rsatgichlar

2012 yil 2-fevralda Magento elektron tijorat platformasi sifatida yuklab olishlarning soni 4 milliontaga yetdi.
Oxirgi 6-7 yil ichida onlayn internet do'konlar uchun ko'plab platformalar yaratilgan va rivojlantirilgan bo'lsa ularning aksaryati ochiq kodli (open source) texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan. Eng mashxur shopping cart tizimlari sifatida Magento, PrestaShop, OpenCart, ZenCart, UberCart kabilarni keltirish mumkin. Quyida ularning dunyo bo'yicha yillik ulushi ko'rsatilgan:
2012-yilda on-layn do'konlar platformasi
eCommerce bo'yicha so'nggi statistikalarni ushbu saytdan olishingiz mumkin: http://tomrobertshaw.net/category/ecommerce/

Magento — so’nggi yillarda IT bozorida eng tez rivojlanayotgan eCommerce platformasi hisoblanadi. Hozirda bu platforma uchun 200 dan oshiq yirik IT kompaniyalar o'z yechimlarini taqdim etmoqda, 80000 dan ortiq merchant (savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi yirik tadbirkor) lar yiliga 25 milliard AQSH dollar miqdorida tranzaktisyalarni amalga oshirmoqda. Batafsil ma'lumot uchun, MagentoCommerce.com ga tashrif buyuring,@magento ni Twitter da kuzatib boring, Magento Blog da so'nggi yangiliklardan habardor bo'ling.

Magentoni o'rganish boshida kimgadir juda murakkab va qum orasidan zarra qidirishdek tuyuladi, lekin tajriba va bilimingiz oshib borgani sari uni arxitekturasi, ayni shu arxitektura asoschilari Magento Core jamoasi aqliga besh ketasiz. Menda ham huddi shu holat bo'ldi. Balkim bu fikrni aytish noo'rindir chunki Magentoning boshqa alternativalari haqida ozmi-ko'pmi bilsamda ular bilan ishlab real loyihalar qilib ko'rmaganman. Lekin Magento haqida yozilgan boshqa bloglar, jamoaviy forumlar va maqolalardan olingan fikrlar hamda bevosita uni tadqiq etib ko'rganim yuqoridagi hulosalarimga asos bo'ladi deb o'ylayman.
http://inchoo.net/fun-zone/the-inchooers-magento-developers-job-interview/
Bu Magento va uning ajoib arxitekturasi, uni «titkilab ko'rish» va anatomiyasini o'rganish, unda internet do'konlar yaratish, funksional imkoniyatlaridan foydalanish, unga qo'shimcha modular yaratish, boshqa web servislar bilan integratsiya qilish haqidagi blogimizning birinchi maqolasi edi. Keyingilarida esa bosqichma-bosqich Magento bilan «oshna-o'g'ayni» bo'lish haqida bilganlarimni o'rtoqlashib boraman. Agar sizda mavzu haqida fikr-mulohaza va takliflar bo'lsa, yoki allaqachon Magentoni zabt etgan bo'lsangiz bizdan yashirmang. Astoyidil o'rganmoqchi bo'lganlarga esa omad!..

No comments:

Post a Comment