05:00
Qishloq hayoti qanday maza, erta tongdan dimoqqa urilgan shirmoy isi, xo‘roz qichqirig‘i, shiringina uyqu quchog‘idan erinibgina bosh ko‘tarishing. Bolalikdan menga meros qolgan ushbu manzarani, menimcha yaqin 8-10 yil ichida qaytib ko‘rmadim. Ha bu sizga ham yaxshi tanish bo‘lsa kerak, qishloq bolasining sahardan toblanishi:
- Turaqo o‘g‘lim, tur, mollarni podaga qo‘yish kerak, kechqurun egatga taragan suving yarmiga yetmay qolibdi, menimcha yarim yo‘lda kimdir bo‘g‘ib ketgan yana.
- ... (shu mollarni deb doim shirin uyqudan voz kechaman!?)
07:10
Kanikul mazzada, bugun ham dadamning ishxonasiga ketaman. Tuman markazida katta kutubxona bor. Dadam tushgacha shifoxonada, men esa miriqib kitob mutolaa qilaman. Kecha "Qiziqarli Matematika" ni boshlagandim, qoida bo‘yicha olingan kitob qaytarilmagunicha boshqa kitob berilmaydi, lekin bu men uchun istisno!
-Ee do‘xtirni o‘g‘liku, kelchi qani! Dadanga ayt, abitda senga shashlik obersin. Kitob o‘qiganlarni rag‘batlantirish kerak.
Do‘xtirni o‘g‘li bo‘lsang mazzada, hamma taniydi seni. Hatto, yangi kitoblar saqlanadigan xonaga ham kirishimga ruxsat berishgandi. 4-sinfni endi tugatgan bo‘lsam ham ilmiy adabiyotlar bo‘limidan kitob olishim mumkin.
12:30
Parkentga kelganmisiz? Bozor oldidan o‘tib, svetaforgacha borasiz, qadamizda kabobxona. Tushlik paytida qo‘ra ustida jazillab turgan kabobga qaramay oldidan o‘tib ketishning umuman iloji yo‘q. (Keyinchalik universitetda do‘stlarimga maqtanar edim: "Parkentliklar boshqa ovqat yo‘qligidan faqat kabob yeyishadi", - deb.)
- Ha toychoq, bugun nechta yeysan? Biir bugun yaxshilab boqay, kechda qo‘rg‘anda qolasan, ertaga do‘danga bog‘ ishlarida yordam berasan. Oq olma pishibdi... Oltin olma, duo ol.
- ... (o‘zim ham shuni sezgandim, bugun 2 ta jaz oshiqcha olganimizdan)
17:20
- Iye, iye, iye! Shavkatjon navaram kelibdiku, qani kelchi, menga nima olib kelding!? Yurchi, oq olmalardan o‘zing terib yegin...
- Qurg‘ur chol, shoshmang, o‘zi endi keldi-ya, choy-poy ichib olsin, - qo‘limdan ushlaydi buvim.
- ...
Qarisi bor hovlini farishtasi bo‘lar ekan, men buni bolalikda anglamagan bo‘lsamda endi tushunib yetyabman. Bobom bilan buvim juda mehnatkash inson edilar (Olloh rahmatiga olgan bo‘lsin), hovli yonginasidagi maktab stadionichalik keladigan bog‘zor gurkirab, hosil mo‘lligidan yerga to‘kilayotgan mevalar o‘t-o‘lanlar orasiga berkinib olardi. Aancha yillar bo‘ldi-yov, bu manzarani ko‘rmaganimga.
Men do‘damning hovlisini juda yaxshi ko‘rar edim, yozgi ta'tilda onamdan "3 kunga" deb olib ketilgan yordamchi haftalab bu yerda, do‘dam bilan bog‘da yurar edim.
05:00
- Qani Shavkatjon, turchi, fizaryadka qilishni unutib qo‘ymadingmi?
- ... (do‘dam ertalabki badantarbiyani kanda qilmas edilar.)
- Bog‘ yuqorisidagi ariqda yuvinamiz. Bir yo‘la qo‘ylar uchun o‘t ham ola kelamiz.
Shabnam yaltiragan o‘t-o‘lanlar orasida, bog‘ hovuriga qo‘shilib ketgan muzdek suvning jildirashi, go‘yoki, tong sahardan boshlanguvchi ushbu kunimizning kuychisi edi. Nonushtaga tayorlangan bir kosa qaynoq sutga qora un qo‘shib yopilgan qotma nonni bo‘ktirib yeyish jonu-dilim. Ulg‘ayib, o‘z tashvishlarimiz kunimiz kuychisiga aylangach bu suvlarni ham, bu sutlarni ham ko‘rmadim.
07:00
- Toyim, mehnat insonni tarbiyalaydi. Mehnatdan kelsa boyli, ro‘zg‘or bo‘lar chiroyli! Ertalabki fizkulturani kanda qilma, eng zo‘r fizaryadka bu o‘roq bilan ketmon. Oq olmadan terib qo‘ysang dadang ukalaringa ham olib ketadi... Ninachi bilan chumoli haqidagi matalni bilasan-a?
- ... (bobom til va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib ishlaganligini o‘sha paytlar bilmagan ekanman.)
17:00
Qishloq boshi, dadam bilan uyga qaytyabman.
- O‘g‘lim, mana 5-sinfga ham o‘tding, biror hunar o‘rgansang zarar bo‘lmaydi, ustachilik (duradgorlik) ham yaxshi, ... hech bo‘lmasa poyafzalingni o‘zing ta'mirlay bilishing kerak.
- ...
Keyin bu gaplarni ko‘p o‘ylagan edim, nima uchun oliy ma'lumotli shifokor farzandiga shu davrda shifokor yoki boshqa bir "oq yoqali" kasbni emas, oddiy bir duradgorlik yoki poyafzal ta'mirlovchilikni taklif qildi? Aslida hunarning va mehnatning katta-kichigi, oliy va "mundoqrog‘i" bo‘lmasligini, odam haqiqiy inson sifatida shakillanishida mehnat, hunar va bilim birlamchi ekanligini bolalikdagi ushbu chizgilar menga o‘rgatgan edi.
Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam,
G'oyibdan kelgan baxt - bu bir afsona.
2014
Hozirchi? Tosh shahar ichida go‘yoki toshlashib borayotgan fikrlarimiz, maqsadlarimiz bizni o‘ziga mahbus etgandek. Qanday qilib, bolalikda keng bog‘larda, quyosh mehridan toblangan tuproq ko‘chalarda, shaffof suvlarga to‘lib toshgan anhor bo‘ylab meni yetaklagan hayot, ulg‘ayganimda beton devorlar ichida, konditsioner tagida, kompyuterning qarshisiga mixlab qo‘ydi? Ha, hayot shiddat bilan o‘zgaryabdi, buni o‘z tashvishlarimiz girdobida sezmay ham qolayabmiz.
P.S. Bu chizgilar balki sizga jo‘ndek tuyular, balki olis bolalikning shirin damlarini yodga solar, nima bo‘lganda ham endi bu mening blogimda menga ajoib esdalik bo‘lib qoladi. Ha aytgancha, yuqorida berib o‘tganim, atoqli shoirimiz G‘afur G‘ulomning satrlari bolalikdan hammamizga tanish ajoib bir multfilmda bolalarcha ifodalab berilgan edi. O‘qish jarayonida ushbu multfilm nomini post ichidan izlab ko‘ring.

No comments:
Post a Comment